Kofir va mushriklar
Assalomu alaykum! Boshqa dindagilarni o‘lmaslaridan oldin kofir desa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Islom zohiriy dalillarga suyanadi. Bir kishi kalimai toyyiba va shahodatni aytsa mo‘min deyiladi. Vafot topsa musulmonlar qabristoniga ko‘miladi. Mabodo boshqa din vakillari qilayotgan diniy amalni qilsa masalan cho‘qinish, zohiriga qarab uni kofir deyiladi. Kofirni kofir deyish shart. Qachon undan iymonga dalolat qiluvchi ishlar sodir bo‘lsa mo‘min deyiladi. Mo‘minni esa mo‘min deyish shart. Qachon undan kufrga dalolat qiluvchi ishlar sodir bo‘lsa uni mo‘min deyishdan to‘xtalinadi. Kofirni kofir deb bilmaslik ham kufr. Masalan butparastligi aniq bo‘laturib u haqida Alloh rahmat qilsin, joyini jannatdan qilsin deyish harom amal hisoblanadi. Ba’zilar buni kufr ham deyishgan. Hozirgi kunda boshqa din vakillariga muslimalarni turmushga chiqishi yoki boshqa din vakillaridan uylanish ko‘payib qoldi. Ulardan biri vafot topganida esa muammo yuzaga kelmoqda. Chet davlatdan nasoro diniga uylanib yurtiga olib kelgan, uni namoz o‘qiganini ham ko‘rgani yo‘q, kalimani aytganini ham hech kim eshitgani yo‘q. Vafot topdi, farzandlari janoza o‘qib musulmonlar qabristoniga ko‘mamiz deyishadi. Janoza o‘quvchi imom esa uni mo‘min yoki mo‘mina ekanligini aniq bilmaydi. Dalil ham yo‘q. Shunda asliga qarab bu boshqa din vakili yoki vakilasi edi, Allohni yakka yolg‘iz deb iymon keltirganini hech kim eshitmagan, shuning uchun janoza o‘qilmay musulmonlar qabristoniga qo‘yilmaydi. Bu odam ajratish emas, balki shariat ahkomlariga amal qilish hisoblanadi. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 08:23 | Savol-javoblar | 163 | Hadislar