Xatmini niyat qilib birovga o‘qitish
Assalomu alaykum! Qaynonam xar oyda o‘rtoq va qarindoshlari bilan yig‘ilishadi va xatmi qilishni niyat qilib 5 poradan bo‘lishib olishadi. Keyin qaynonam ularga tekkan xatmi poralarni ovsinimga o‘qib qo‘ying deydilar. Qaynonam o‘zlari niyat qilgan xatmi poralarini ovsinimga o‘qitishlari joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qaynonangiz Qur’on o‘qishni yo va’da bergan yoki nazr qilgan bo‘lishi mumkin. Qur’on o‘qishni nazr qilish mumkinligi borasida ulamolarning ixtilofi bo‘lgani uchun buni nazr deb ayta olmaymiz. Va’da bergan bo‘lsa uni ustidan chiqishi uchun shaxsan o‘zi bajarishi kerak. Chunki tilovat bu ibodatdir, boshqaning o‘rniga ibodat qilish joiz emas. Vallohu a’lam!
29 Iyun 2022, 10:56 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar