Ommaga gunoh tushadimi?

36 yoshli ukam saraton kasaliga chalindi. Toshkentda barcha tibbiy choralar ko‘rildi. Toshkentlik doktorlar: "Qo‘limizdan kelganini qildik, qolganini Moskvada qilishadi", deyishdi. Moskvaga jo‘natdik. U erdagilar dori buyurishdi. Dorilar qimmat ekan. Shu erga kelib mablag‘imiz ham, sotadigan narsalarimiz ham tugadi. Yordam so‘rab ko‘p joylarga bordim, internet-forumda ham yozdim. Ammo nafi bo‘lmayapti. Yordam beradiganlar chiqmayapti. Saraton esa o‘z ishini qilayapti... Savolim shuki, bunday holatda, agar kishi nochorligidan halok bo‘lib qolsa, gunoh jamoatga tushadimi? Bu to‘g‘rida hadis ham bor ekanku.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qanday hadis ekan?

26 May 2022, 19:00 | Savol-javoblar | 145 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar