Namozga kafforat haqida

Namozga beriladigan kafforat to‘g‘risidagi javobni o‘qib anchadan beri o‘ylab yurgan muammoimga javob topgandek bo‘ldim. Endi bundan kelib chiqib bir savol tug‘ildi, mening dadam 32 yil avval vafot etgan. Sovet tuzimida yashagan. Lekin dadamdan qolgan ashyolar ichida topilgan yozuvlardan ma’lumki, islomga qiziqishi kuchli bo‘lgan. Onamning guvohlik berishicha, dinga ixlosi baland bo‘lgan. Lekin namoz o‘qishga ulgurmagan. Shu insonni nomidan o‘qilmagan namozlariga kafforat to‘lasak mumkinmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Aslida vafot etgan kishi vasiyat qilish kerak.

26 May 2022, 19:03 | Savol-javoblar | 184 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar