O‘qituvchim bilan baxs
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar! ALLOH sizlarni jannat bilan siylasin! Savolim noo‘rin bo‘lsa uzr so‘rayman! Bir masala meni juda ham o‘ylantirib qo‘ydi. Men institutda talabaman. Biz dars payti o‘qituvchimiz bilan baxslashib qoldik. Baxs insoniyatning paydo bo‘lishi haqida edi. U kishi insonlar maymundan evolutsiya natijasida paydo bo‘lgan dedilar. Men bunga qarshi chiqdim. Insonni yaralishi haqida savollarni o‘qib chiqqandim. Unda aytilgan gaplarni aytdim. Lekin ustozimizga bularni uqtira olmadim. Ular qadimgi g‘orlardan topilgan suyaklarni bahona qilib oldilar. Ularni evolutsion ketmaketlikdagi topilgan rasmlarini ko‘rsatdilar. To‘g‘ri evolutsiyani inkor qilib bo‘lmaydi. Lekin insonlar maymundan tarqamaganlar desam ham meni inkor etdilar. Balkim insonlar qadimda tashqi ko‘rinishi biroz maymunlarga o‘xshab ketgandir dedim va lekin ular maymundan tarqaganini qattiq inkor qilib turib oldim lekin ilmim etmagani uchun ularni ishontira olmadim. Men ularga qanday javob qaytarishim kerak edi? 2). Gap orasida men "Alloh insonni o‘z qo‘li bilan yaratdi..." oyatini aytgandim ular shunday dedilar: nima Allohning qo‘li bormi demak uning elkasi ham bor elkasi bo‘lsa gavdasiyam bor dedilar va u ham insonga o‘xshar ekanda dedilar. Men Allohga ko‘rish uchun ko‘z, eshitish uchun quloq va odamni yaratishi uchun qo‘lga muhtoz emas dedim. Men to‘g‘ri aytdimmi yoki rostdan ham Allohning qo‘li bormi? Haddimdan oshgan bo‘lsam uzur. Hammamizni Alloh hidoyatda qilsin. Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Din dushmanlari musulmonlarni o‘z e’tiqodidan chalg‘itish uchun shu kabi safsatalarni o‘ylab topishgan. Har bir ilm sohibi ilminining nihoyasi bir nihoyat darajada hakim va o‘ta darajada tadbirli Zot orqali yaratilganini tan olishmoqda. Alloh hidoyat qilmasa inson o‘z ota-onasini maymun deyishi ham mumkin ekan. Hozirda mavjud insonlarni qancha yil ortga qaytarilsa eng oxiri Odam alayhissalom bilan Havvo onamizga borib taqalishini fan ham isbot qilib turibdi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:25 | Savol-javoblar | 143 | Dolzarb savollar