Inson hayoti uchun ruxsat beriladimi?

Assalomu alaykum hurmatli shayx hazratlari. Inson hayoti bilan bog‘liq masalada to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatsangiz. Klinik o‘lim holatiga tushib, qabristonga borishlaridan oldin o‘zimga kelganman. Meditsina kasalliklarimni davolashga ojiz edi. Tarmoqli marketingda sotiladigan mahsulotlar bilan davo topganman. Va men ham shu marketingda ishlab tanishlarimni davoladim. Yosh bolalar paralleji, tutqanoq davolanmaydigan kasallik turiga kiradi. Bu mahsulotlar bilan bir yarim, ikki yilda D Ts P parallej bilan kasallangan bolalar yurib gapirib ketyapti. O‘t tosh, buyrak tosh, mioma esa faqat operatsiya qilinadi. Bu mahsulotlar bilan esa operatsiyasiz davolanyapti. Sizning “tarmoqli marketing harom deb fatvo berildi” deganingizni o‘qidim. Davolashda davom qilishgayam, davosi borligini bilib bechora qiynalib yurgan kasallarga jim qarab turishgayam hayronman. Bu vaziyatda nima qilsam bo‘ladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tarmoqli qilmay, to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘sha davoni olishni yo‘lga qo‘yish kerak.

26 May 2022, 19:05 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar