ABA Marketing

Assalomu alaykum! ABA marketing degan korxonani bilgandim. Ko‘p qo‘shnim va tanish birodarlarim azo bo‘lishgan. Meni xam a’zo bo‘ling deyishyapdi. Unga fatvo berilganmi deb so‘radim. Ko‘pchlik tanishlarim va qo‘shnilarim “xa” deb javob berishmoqda. U korxona shundayki siz unga pul mablag‘ qo‘yasiz va u pulizdan sizga xar oy ma’lum bir foizda pul tushadi. Pulingiz invistitsiya uchun tikilar ekan. Uni bir qancha odamlar 2013-yilda tashkil qilishgan ekan. (internetda ABA marketing saytida bor). Shubxalanib masjidga domlaga chiqib aytganidim, agar u bir shaxsni cho‘ntagiga tushsa u xarom, agar u bir qancha shaxsni jamg‘armasiga tushib xalol biznes yo‘lida investitsiya bo‘ladigon bo‘lsa xalol dedi. Shuni bilib beringlar iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi kunda odamlarni pulini to‘plab bankka foizga qo‘yib, 10% foyda olib, 8%ni odamlarga tarqatayotganlar juda ko‘p. Sudxo‘rligi bilinib qolmasin deb har zamonda 7% va har zamonda o‘sha 7dan qolganini 9% qilib ham berishmoqda. Buni yaxshilab o‘rganib chiqish kerak. Chunki internetda o‘tirib, birovlarni pullarini aylantirib pul topayotganlar ham ko‘p. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 11:07 | Savol-javoblar | 171 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar