Hadislarni hamma ham o‘rganaveradimi?
Inson qilgan ishlari haqida olim inson munosabatini bilib ko‘ngli xotirjam bo‘ladi. Sizga ham shu yuzasidan savollar yo‘llamoqdamiz. Kitob do‘konidan yaqinda nashr etilgan tarjima qiligan "Sunani Termiziy" kitobini hadiya qilishgandi. Shuni onam o‘qishga kirishib ketdilar. Men onamga "Sahihi Buxoriy"ni ham "Sunani Termiziy"ni ham shundoq olib o‘qiyvermang. Hadislarni nosixi bor, mansuxi bor. Omm uchun aytilgani bor, xos uchun aytilgani bor. Har bir hadisni tafsiri ila o‘qigan ma’qul. Bo‘lmasa har xil tushunmovchilik kelib chiqadi” degandim. Hazrat, bu gapim to‘g‘rimi o‘zi? Bu kabi hadis kitoblar halq qo‘liga to‘g‘ridan to‘g‘ri bormoqda. Hadis ilmidan bexabar, arab tilidan bexabar, islom tarixini puxta bilmagan omma bu kitoblarni sharhsiz o‘qishi yaxshimi, yoki ilmsizlikdan ko‘ra har qalay o‘qiyverish maqulmi? O‘zi muhaddis allomalarni kitoblarini imkon qadar sohani yaxshi bilgan olim tarjimasi va shu hadislarga tegishli tafsiri, sharhi ila chop etilishi haqida fikringizni so‘ramoqchiman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Muhaddislarning kitoblarini imkon qadar sohani yaxshi bilgan olim tarjimasi va shu hadislarga tegishli tafsiri, sharhi ila chop etilishi va o‘qilishi maqsadga muvofiq. Hozirdagi ko‘plab tushunmovchilik va ixtiloflar aynan ushbu ko‘rsatmaga amal qilmay, har kim o‘zicha talqin qilish oqibatida chiqqan. Bu masalani "Hadis va Hayot" silsilasida to‘la yoritilgan.
26 May 2022, 19:07 | Savol-javoblar | 149 | Hadislar