Shu ma’noda hadis bormi?
Assalomu alaykum! Quyidagi ma’noda hadis bormi? "Agar kishi o‘zi dindan gapirib, lekin o‘zi amal qilmasa, oxiratda tili olovli qaychida kesiladi‘. Yana eshitganmizki, "kim bir kishini yaxshi yo‘lga boshlasa, unga ham savobi tegadi" deb. Agar kishi o‘zi bir kishini yaxshi amallarga o‘rgatib, o‘zi o‘shalarga amal qilmasa, bunda ham savobi tegadimi? O‘zi aytganlariga amal qilmagani uchun gunoh bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Baqara” surasida : أَتَأْمُرُونَ النَّاسَ بِالْبِرِّ وَتَنسَوْنَ أَنفُسَكُمْ وَأَنتُمْ تَتْلُونَ الْكِتَابَ أَفَلاَ تَعْقِلُونَ 44. Odamlarni yaxshilikka buyurib turib, o‘zingizni unutasizmi? Holbuki, kitobni tilovat qilyapsiz-ku. Aql yuritmaysizlarmi?! Ma’lumki, yahudiylar va xususan, ularning diniy olimlari ahli shirk bo‘lgan arablarni samoviy dinga, yangi keladigan Payg‘ambarga ergashishga, kitobga amal qilishga, Allohga bergan ahdlariga vafo qilishga va boshqa ko‘pgina yaxshiliklarga chorlar edilar. Vaqti etib, Alloh Qur’oni Karimni nozil qilib, Muhammad alayhissalomni oxirzamon payg‘ambari qilib yuborganda, arab mushriklaridan ko‘plari iymon keltirdilar, ammo yahudiylar o‘zlarini unutib, kofir bo‘ldilar. Aslini olganda, ular iymonga avvalroq kirishlari kerak edi. Chunki ular Alloh taolo tomonidan nozil qiliingan Tavrot kitobini tilovat qilib turar edilar. Unda esa so‘nggi Payg‘ambarning kelishi to‘g‘risida xabar bor edi. Kitobni, ya’ni ilohiy kitobni tilovat qilib, odamlarni yaxshilikka chorlab turib, o‘zini unutish aqldan emas edi. Shuning uchun Alloh taolo oyati karimaning oxirida: «Aql yuritmaysizlarmi?!» deya xitob etib, ularni aqlsizlarga tenglashtiryapti. Avval aytib o‘tganimizdek, bu oyati karimadagi xitob faqat Banu Isroilga xos emas, balki hammaga tegishlidir. O‘zi aytganiga o‘zi amal qilmaydigan din ulamolari har bir ummat uchun katta ofatdir. E’tiborni jalb qiladigan, diniy tus beradigan kiyim kiyib olib, chiroyli-chiroyli so‘zlarni tanlab, shirali ovoz ila amri ma’ruf, nahyi munkar qilib, ammo aytayotganlariga o‘zi amal qilmaydiganlar har bir jamiyatda topiladi. Ayniqsa, dinni o‘zlariga kasb qilib olganlar xavfli. Ular egallab turgan maqomlarini boy berishdan qo‘rqib, har qanday pastkashlik qilishga tayyorlar. Ularning ofati hammaga uradi. Kasofati umumiylashadi. Din nomidan Allohni, iymonni aralashtirib, yaxshilikka chaqiradigan, lekin o‘zi unga xilof ish tutadiganlar kishilarning qalblaridagi his-tuyg‘ularni oyoqosti qiladilar, fikrlarini ostin-ustun qilib, qalblarida aqiyda yoqqan shu’lani o‘chirib, iymon nurini ketkazadilar. Shuning uchun ham ilmiga amal qilmaydiganlarning bu dunyo-yu u dunyoda azob-uqubatlari ulkan bo‘ladi. Imom Ahmad Nabiy alayhissalomdan rivoyat qilgan hadisi sharifda: «Alloh taolo qiyomat kuni savodsizlarni ulamolarni himoya qilmagan narsalardan himoya qiladi», deyilgan. Ba’zi rivoyatlarda: «Alloh ilmsiz kishini etmish marta mag‘firat qilganda, olimni bir marta mag‘firat qiladi», – deyilgan. Imom Buxoriy rahmatullohi alayhi rivoyat qilgan hadisda Nabiy alayhissalom: «Qiyomat kuni bir kishi do‘zaxga keltirib tashlanadi, shunda qornidagi narsalar tashqariga otilib chiqadi, u do‘zaxda o‘z qornidan chiqqan narsalar atrofida xuddi tegirmonni aylantiradigan eshak singari aylanib yuradi. Do‘zaxilar uni o‘rab olib: – Ey Falonchi, senga nima musibat etdi? Bizga amri ma’ruf, nahyi munkar qilmaganmiding? – deyishadi. Shunda u: – Sizlarni yaxshilikka chorlar edim-u, o‘zim qilmas edim, yomonlikdan qaytarar edim-u, o‘zim qilardim», – deydi», – deganlar. Imom Ahmad Nabiy alayhissalomdan rivoyat qiladilar: «Isro kechasida lablari olovdan bo‘lgan qaychilar bilan qirqilayotgan kishilarning oldidan o‘tdim. – Anavilar kimlar? – deb so‘radim. – Ummatingdagi ahli dunyo va’zxonlar. Odamlarni yaxshilikka chorlab, o‘zlarini unutganlar va holbuki, kitobni o‘qir edilar, aqlni ishlatmaydilarmi? – deyishdi». Alloh shunday oqibatdan O‘zi saqlasin. Aytganiga amal qilish, aqiydaga muvofiq yurib-turish oson ish emas. Buning uchun sabr-matonat, tirishqoqlik kerak. Eng muhimi – bandadan doimo Alloh taologa bog‘liq bo‘lish talab etiladi. “Sooff” surasida ham marhamat qiladi : يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا لِمَ تَقُولُونَ مَا لَا تَفْعَلُونَ 2. Ey iymon keltirganlar! Nima uchun qilmagan narsalaringizni gapirasiz?! كَبُرَ مَقْتًا عِندَ اللَّهِ أَن تَقُولُوا مَا لَا تَفْعَلُونَ 3. Qilmagan narsangizni gapirishingiz Allohning huzurida qattiq nafratga qolgandir. «Ey iymon keltirganlar! Nima uchun qilmagan narsalaringizni gapirasiz?!» «Qilmagan narsangizni gapirishingiz Allohning huzurida qattiq nafratga qolgandir». Ushbu oyatdan aytganini qilmaganlar Allohning eng yomon ko‘rgan kimsalaridan ekani ma’lum bo‘ldi. Ammo qilmaganini «qildim» deb aytadiganlarning holi bundan ham yomon bo‘ladi. Afsuski, bizning jamiyatimizda bu ikki noxush hodisa juda ham rivojlangan. Aytganini qilmaydiganlar har qadamda uchraydi. Qilmaganini «qildim» deb aytadiganlar undan ham ko‘p. Imom Ahmad Abdulloh ibn Omirdan rivoyat qilgan hadisda Ibn Omir bunday deydi: «Bolaligimda biznikiga Nabiy alayhissalom keldilar. O‘ynagani chiqib ketayotgan edim, onam: – Ey Abdulloh, beri kel, bir narsa beraman, – dedilar. Rasululloh alayhissalom: – Unga nimani bermoqchi eding? – deb so‘radilar. Onam: – Xurmo, – dedilar. Nabiy alayhissalom: – Agar aytganingni qilmasang, senga yolg‘onchilik bo‘lib yozilib qoladi, – dedilar». Aytganini qilish kerakligi qanchalik muhimligini ko‘rdingizmi? O‘zimizni o‘nglaymiz, desak, aytganini qiladigan, ahdiga vafo etadigan, turli bo‘lmag‘ur da’volardan chetda turadigan bandalardan bo‘lishimiz zarur. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:59 | Savol-javoblar | 180 | Dolzarb savollar