Shofe’iy mazhabida juma namozi
Men chet elda ishlab, ibodat qilib yuribman. Bu erdagi masjidni bilishimcha (endigina), Shofe’iy mazhabdagilar imom, noib va boshqalar boshqararkan. Men bu masjidga faqatgina Juma namozini ado qilish uchun kelaman. Men o‘zimizda o‘qigan kitoblarda va masjidlarda o‘qigan Juma namozlaridan farq qilarkan. Juma namozini xutba uchun aytiladigan azonidan so‘ng yarim soat amri ma’ruf va shu amri ma’ruf ichida kimdir haqqi masjid sunnat namozi o‘qiydi, yana masjid xodimi qo‘lida paket olib pul terib qatorma qator yuradi, o‘zi xutba uchun aytilgan azondan keyin umuman gaplashish, Payg‘ambarimiz Muxammad Mustafo solallohu alayhi vasallam aytganlaridek birovga tanbeh berish yoki boshqa ishlarni qilganlarni Jumasi qabul emas, deganlar. Yarim soat amri ma’rufdan so‘ng duo qilinib, takbir tashlanib farzga turiladi va farz namozi o‘qib bo‘lingach, kimdir turib ketadi, kimdir turib sunnatni o‘qiydi. Bu imomni ya’ni Shofe’iy mazhabida Juma namozi shunday tarzda o‘qiladimi yoki xato o‘qiyaptimi? Xato bo‘lsa Imomga aytish kerakmi? Meni va menga o‘xshaganlarni Juma namozi to‘g‘rimi yoki noto‘g‘rimi? Javobingiz juda muhim Ustoz, nimagaki bu ibodat ertaga qiyomat kuni malomatga va aybdor bo‘lib qolmay bilib turib aytmaganim uchun.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- To‘g‘ri o‘qishmoqda. Siz mazkur narsalarga e’tibor qilmang. Namozda ishtirok etavering.
26 May 2022, 19:12 | Savol-javoblar | 211 | Namoz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- To‘g‘ri o‘qishmoqda. Siz mazkur narsalarga e’tibor qilmang. Namozda ishtirok etavering.
26 May 2022, 19:12 | Savol-javoblar | 211 | Namoz