Taomdan keyingi duolar

Assalomu alaykum! Sizlarni ezgu niyat yo‘lidagi barcha ishlaringizdan Allohning O‘zi rozi bo‘lsin. Barchamizga ma’lumki ko‘pchilik yoshlar va kattalar do‘stlar, qarindoshlar va turli xil davralarda yig‘ilib choyxo‘rlik yoki bir tansiqli taom atrofida o‘tiramiz. Ana shu o‘tirish yakunida esa aksariyat hollarda duo o‘qilmay yakuniga etkaziladi. Shu holatda aslida qanday duo o‘qilishi lozim? Shu haqida batafsilroq javob olsam maqsadga muofiq bo‘lardi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!عَنْ أَبِي أُمَامَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم كَانَ إِذَا رَفَعَ مَائِدَتَهُ قَالَ: الْحَمْدُ ِللهِ كَثِيرًا طَيِّبًا مُبَارَكًا فِيهِ، غَيْرَ مَكْفِيٍّ، وَلَا مُوَدَّعٍ، وَلَا مُسْتَغْنًى عَنْهُ رَبَّنَا. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا مُسْلِمًا. وَلِلْبُخَارِيِّ: الْحَمْدُ ِللهِ الَّذِي كَفَانَا وَأَرْوَانَا غَيْرَ مَكْفِيٍّ وَلَا مَكْفُورٍ. وَلِمُسْلِمٍ وَالتِّرْمِذِيِّ: إِنَّ اللهَ لَيَرْضَى عَنِ الْعَبْدِ أَنْ يَأْكُلَ الْأَكْلَةَ فَيَحْمَدَهُ عَلَيْهَا أَوْ يَشْرَبَ الشَّرْبَةَ فَيَحْمَدَهُ عَلَيْهَا. وَلِأَصْحَابِ السُّنَنِ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم إِذَا فَرَغَ مِنْ طَعَامِهِ قَالَ: الْحَمْدُ ِللهِ الَّذِي أَطْعَمَنَا وَسَقَانَا وَجَعَلَنَا مُسْلِمِينَ. وَلِأَبِي دَاوُدَ وَالنَّسَائِيِّ: كَانَ إِذَا أَكَلَ أَوْ شَرِبَ قَالَ: الْحَمْدُ ِللهِ الَّذِي أَطْعَمَ وَسَقَى وَسَوَّغَهُ وَجَعَلَ لَهُ مَخْرَجًاAbu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Qachon dasturxonlari yig‘ishtirilsa, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Allohga ko‘p, pok, muborak hamd bo‘lsin. Undan o‘zga kifoyachi yo‘q. U tark qilingan ham emas. Undan behojat ham bo‘linmas. Robbimiz», der edilar».Beshovlaridan faqat Muslim rivoyat qilmagan.Buxoriyning rivoyatida: «Bizga kifoya qilgan va bizni qondirgan, Undan o‘zga kifoyachi yo‘q va inkor ham qilinmagan Allohga hamd bo‘lsin», deyilgan. Muslim va Termiziyning rivoyatida: «Albatta, Alloh bandasining taomni eb, uning uchun U Zotga hamd aytishidan va sharobni ichib, uning uchun U Zotga hamd aytishidan rozi bo‘lur», deyilgan. «Sunan» sohiblarining rivoyatida: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam qachon taomlaridan forig‘ bo‘lsalar: «Bizni edirgan, ichirgan va musulmonlardan qilgan Allohga hamd bo‘lsin», der edilar», deyilgan. Abu Dovud va Nasaiyning rivoyatida: «Qachon esalar yoki ichsalar: «Edirgan, ichirgan uni singdirgan va unga chiqish yo‘li qilgan Allohga hamd bo‘lsin», der edilar», deyilgan.عَنْ مُعَاذِ بْنِ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: مَنْ أَكَلَ طَعَامًا فَقَالَ: الْحَمْدُ ِللهِ الَّذِي أَطْعَمَنِي هَذَا وَرَزَقَنِيهِ مِنْ غَيْرِ حَوْلٍ مِنِّي وَلَا قُوَّةٍ، غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ أَبُو دَاوُدَMu’oz ibn Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim taom esa-yu, keyin: «Shuni mening kuch-quvvatimsiz menga taom qilib, rizq qilib bergan Allohga hamd bo‘lsin» desa, uning avvalgi gunohlari mag‘firat qilingay», dedilar».Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: إِذَا أَكَلَ أَحَدُكُمْ طَعَامًا فَلْيَقُلِ: اللَّهُمَّ بَارِكْ لَنَا فِيهِ، وَأَطْعِمْنَا خَيْرًا مِنْهُ، وَإِذَا سُقِيَ لَبَنًا فَلْيَقُلِ: اللَّهُمَّ بَارِكْ لَنَا فِيهِ وَزِدْنَا مِنْهُ، فَإِنَّهُ لَيْسَ شَيْءٌ يُجْزِئُ مِنَ الطَّعَامِ وَالشَّرَابِ إِلَّا اللَّبَنُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّIbn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qachon birortangiz taom esa, «Allohim! Buni bizga barakali qilib bergin. Bizlarni bundan yaxshisi bilan taomlantirgin», desin. Qachon sut ichirilsa, «Allohim! Buni bizga barakali qilib bergin. Undan bizga ziyoda qilgin», desin. Chunki birorta taom va sharob sutchalik kifoyali emas», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.Sharh: Ushbu sarlavha ostida kelgan barcha rivoyatlarda taom eb, sharob ichgan banda o‘zini rizqlantirgan va serob qilgan Roziqiga hamdu sano, shukr-maqtov aytishining bir necha xil siyg‘alari kelmoqda. Lekin hammasida ham eb-ichgan inson Alloh taologa hamd aytishi lozimligi ma’nosi bor. Eb-ichgandan keyin hamd aytishda Alloh taoloning yolg‘iz O‘zi rizq beruvchi Zot ekanligini e’tirof qilish bor. Shu bilan birga, bu ishda Alloh taologa shukrni doimiy yangilab turish ma’nosi ham bor. Shukr qilgan bandaga esa Allohning O‘zi ne’matlarini ziyoda qilib berishni va’da qilgan. Shu bilan bir vaqtda, Alloh bergan ne’matlarni eb-ichib, ulardan bahramand bo‘lib turib, u Zotga hamd aytmaslik, shukr qilmaslik, o‘taketgan nonko‘rlik ekanligini ham ta’kidlashimiz lozim. Bu bobda keltirilmagan bo‘lsa ham, boshqa hadisi shariflarda eb-ichib, hamd aytmay turib ketgan odam xuddi harom taom yoki cho‘chqaning go‘shti ustidan turgandek bo‘lishi ta’kidlangan. Shuning uchun eb-ichgandan keyin Allohga hamd aytishni hech qachon kanda qilmaslik kerak. Bizning diyorlarimizda yuqorida o‘tgan duolar ichidan «Bizni edirgan, ichirgan va musulmonlardan qilgan Allohga hamd bo‘lsin» («Alhamdu lillaahillazii at’amanaa va saqoonaa va ja’alanaa minal muslimiyn») degan duo keng tarqalgan. Ushbu duoni yodlab olish qiyin emas. Har birimiz ovqatdan keyin Alloh taologa hamd aytishni kanda qilmasligimiz, farzandlarimizga, yaqinlarimizga ham o‘rgatib borishimiz lozim. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

20 Aprel 2022, 19:08 | Savol-javoblar | 330 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar