Kim javob beradi?

Savol: Endi savollarga tushunishim bo‘yicha (Alloh rahmatiga olsin) Shayx Hazratlarining shogirdlari javob berar ekan. Hazratimizning o‘g‘illari Ismoil qori aka ham savol-javoblarda qatnashib turadilarmi? Ilohim yurtimizda hazratdek olimlar ko‘payaversin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalam! Javob berishda birinchi navbatda arxivga murojaat qilamiz. Agar arxivda ayni shu savolning yoki bunga o‘xshashining javobi bo‘lsa, o‘sha javobni olamiz. Agar arxivda bo‘lmasa, Hazratimiz(rahimahulloh)ning yozib qoldirgan kitoblaridan qidirib ko‘ramiz, ularda ham topilmasa, hanafiy mazhabining mo‘’tabar kitoblariga asoslangan holda, keltirilgan hukmlarni dalillari bilan taqdim etamiz. Bu ishni shayx Hazratlari(rahimahulloh)ning ushbu sohada mutaxassis bo‘lgan shogirdlari amalga oshiradilar. Shayx Hazratlarining o‘g‘illari Ismoil Muhammad Yusuf, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf(rahimahulloh) shogirdlaridan tashkil topgan kengashga raislik qiladilar.

30 Aprel 2022, 20:25 | Savol-javoblar | 201 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar