Peshinning 4 rak’at sunnatini 2 rak’atdan bo‘lib o‘qish
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Savolni qisqaroq berishga harakat qilaman. To‘rt rak’atlik peshinning sunnat namozini doim muhofaza qilib kelaman. Ammo uni ko‘p vaqtlarda ikki rak’atdan bo‘lib o‘qiyman. Sababi har ikki rak’atda payg‘ambarimizga salovat o‘qiyman (Allohumma solli ala...). Shunday qilishim payg‘ambarimiz sunnatlariga xilof emasmi? Chunki: "Payg‘ambarimiz solallohu alayhi vasallam namozlarni ikki rak’atdan o‘qishni xush ko‘rar edilar" talqinidagi hadisni o‘qigandim. Umuman barcha holatlardagi sunnat yoki nafl ibodatlarning 4 rak’atini 2 rak’atdan bo‘lib o‘qigan afzalmi? Shu masalani yoritib bersangiz. Savolimda beodoblik bo‘lsa, meni kechiring.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Rasululloh sollallohu alayhi vasallam siz aytgan sunnatni to‘rt rakat o‘qiganlari uchun o‘sha qabul qilingan. Siz Nabiy sollallohu alayhi vasallamga ergashing, xayolingizga kelgan ishni qilmang.
26 May 2022, 19:23 | Savol-javoblar | 165 | Namoz