Makka fathidan keyingi hijrat

Assalomu alaykum! Rasululloh sollollohu alayhi va sallam, Makka fath qilinganidan keyin hijrat yo‘q degan ekanlar. Ya’ni bu Makkadan boshqa erga hijrat qilish yo‘q deganimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu hadis Makkadan hijrat yo‘qligiga aytilgan. Ulamolarimiz musulmon kishi musulmon yurtini tashlab chiqib ketmay sabr qilishga hamda dini va vataniga ilmi bilan xizmat qilishga buyuradilar. Olimlar, qorilar sabr qilganlari uchun ham 70 yil davom etgan dinsizlik tuzumida ham diyorimizda din saqlanib qoldi. Vaholanki tashqi dunyo ahli “Ispaniya kabi Movarounnahr diyorlari ham kofirlashib bo‘lgan” deyishgan ekan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:00 | Savol-javoblar | 175 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar