Ali ismini qo‘yish

Assalomu alaykum! Farzandga Ali ismini bermoqchi bo‘lib turgandik, ammo Allohning ismlarida ham Al-Aliy ismi bor ekan. Shuni hisobga olib bo‘lajak farzandimizga Ali ismini qo‘yishlik qanchalik to‘g‘ri bo‘lardi? Abduali deb qo‘ysak ham keyinchalik kimdur uni Ali yoki Aliy deb chaqirsa(ismini chala aytish yoki buzib aytish) biz ota-onalar bunga javobgar bo‘lamizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hazrati Aliy roziyallohu anhuning ismiga rozi bo‘lganlarida, bu haqida boshqa nima savol bo‘lishi mumkin? Vallohu a’lam!

2 May 2022, 23:50 | Savol-javoblar | 170 | Bola tarbiyasi
|
Boshqa savol-javoblar