1-avgust va mo‘maygina pul

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! 1-avgust kuni davlat test sinovlariga hamma turlicha tayorgarlik ko‘radi. Kimlardir yillar davomida o‘qib, yana kimlardir boshqa qing‘ir yo‘llarni izlab, o‘qishga kirishning "boshqa yo‘llari"ni qidiruvchi kimsalar ayni fanlar bo‘yicha bilimi kuchli bo‘lgan "mutahasislar"dan (o‘qituvchilar, asosan talabalar) foydalanishadi. Evaziga esa juda katta pul taklif qilishadi. Natijada ko‘pgina o‘rtacha bilim saviyasidagi abiturentlar talabalik baxtidan mahrum bo‘lishadi. "Mutahasislar"ning fikricha, bu gunoh emas, balki pullarni halol bilimlari evaziga topishar ekan. Yana boshqalari kantrakt pulini to‘lash uchungina bu ishdaligini aytishadi. Birovning haqqini boshqaga o‘zlashtirib berayotganlidi haqida o‘ylashmaydi ham. Ko‘pchilik "mutahasis" tanishlarimning dindan xabari bor, sizni yaxshi bilishdi, kitoblaringizni sevib o‘qishadi. Shu mavzuda sizning maqolangiz Xudo hohlasa ularni to‘xtatar degan umidda murojat qilmoqdaman. Oldindan rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunga maqola kerak emas. Bu ish haromligi oydek ravshan bo‘lib turibdi-ku!

26 May 2022, 19:27 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar