Keraksizga chiqarilgan mahsulotlarni ishlatish
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Sizga bir muslima opamizning savollarini yo‘llamoqdamiz: Assalomu, alaykum, men hozir Rossiyadaman, chevarchilik qilaman. Biz ishlaydigan fabrikada juda ko‘p tsexlar bor, shu kabi tsexlardan ba’zida axlat idishga brak matryallarni tashlanadi, chiroyli, narxi qimmat, ishlatsa bo‘ladigan matiryallar, men ham boshkalar singari 100 metrdan oshiq egib kuydim, lekin musurdan olganim bilan halol bo‘larmikin deb o‘ylanib qolaman, ularni o‘zim uchun olganman, lekin ko‘plik qilsa sotaman deb o‘ylovdim, meni uylantiradigani, ko‘ylak, xalat tikib kiyamiz va shular bilan namoz o‘qiymiz, biz mehnat qilib olmaganmiz, faqat egasi keraksiz deb tashlagan narsani olamiz, dinimizda bu narsaga nima deyilgan, ishlatsa bo‘ladimi axir, nima maslahat berasiz? Javob uchun oldindan rahmat Ustoz!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Egasi keraksiz deb tashlagan bo‘lsa, joiz.
26 May 2022, 19:27 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Egasi keraksiz deb tashlagan bo‘lsa, joiz.
26 May 2022, 19:27 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar