Institutning internetidan foydalanish

Assalomu alaykum! Ustozlar, institutimizda wi-fi xizmati bor. Lekin u internet ma’lum bir saytlarga ishlaydi xolos. Lekin o‘rtoqlarim uni yo‘lini topib boshqa saytlarga ham ishlatsa bo‘ladigan qilib olishdi. Biz talabalar o‘sha internetdan o‘z maqsadimiz yo‘lida: internetda kitob tortish, kompyuterimizi ba’zi programmalarini yangilash, kino tortish, telegramga kirish va o‘yin o‘ynash. Shulardan foydalansak qanday bo‘ladi? Mani qo‘rqqanim domlalar bizga aytishdiki u faqat malum bir saytlarga ishlaydi deyishdi. Lekin biz uni boshqa saytlarga ham ishlaydigan qilib oldik.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ruxsat berilgani chegarasida ishlatish mumkin, ortig‘i joiz emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:44 | Savol-javoblar | 124 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar