Aka-ukalar singil va ukasiga zakot berishi mumkinmi?

Biz uch o‘g‘il va bir qizmiz. Ikkita aka zakot beramiz. Singlimiz uch qizi bilan ajrashgan, ukamizni esa puli nisobga etmaydi. Savolim shuki, ukam zakotini bergandan keyin jigarlarimda nisobdan ancha ko‘p mablag‘ bo‘ladi, shuni bilib turib men ham ularga zakotimni bersam bo‘ladimi yoki boshka haqdorlarga berishim kerakmi? Alloh Sizni O‘z panoxida asrasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Boshqalarga berish kerak.

26 May 2022, 19:28 | Savol-javoblar | 166 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar