Elektron pul sotib olish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men elektron do‘konlar orqali Xitoydan telefon va kompyuter ehtiyot qismlari sotib olmoqchiman. Bunda savdo elektron hamyondagi wmz (dollarning elektron ekvivalenti) orqali amalga oshiriladi. Hamyonimga wmz tushirtirish uchun esa uni o‘z qiymatidan qimmatroq, ya’ni 4-5% foiz ustamasi bilan sotib olishim kerak, masalan elektron hamyonimga 100wmz tushirib berishi uchun men sotuvchiga 104 yoki 105 dollar naqd pul berishim kerak. O‘zim rozi bo‘lgan holda shu tariqa elektron pul sotib olishim ribo bo‘lib qolmaydimi? Vaqtingizni olganim uchun uzr va javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 100wmz-ni sotib olishda 104 dollarni ekvalientidagi so‘mga baholang va so‘mda sotib oling. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:15 | Savol-javoblar | 142 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar