Falaq surasini o‘qilishi

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Bu savolimga javob beradigan ilmli inson yonimda yo‘q. Shuning uchun sizni bezovta qildim. Xullas arab tilini ozgina (3 oy) o‘rgandim. Qur’oni Karimni mp3 formatdagi qiroatini sotib oldim. Qur’onga qarab mp3 ni eshitib, qaysi oyat qanday o‘qilishini o‘rganyapman. Qo‘ldan kelgancha. Savol: Falaq surasidagi "min" predlogini o‘qilishiga tushunmadim. "Miiii" deyiladida, ammmo "n" talaffuz qilinmay "sharri" deb davomi o‘qib o‘tib ketilyapti. Rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu erda ixfo qoidasi bor. Sukunlik nunni o‘zidan keyin kelayotgan “shin” harfining ichiga kirgizib yohud yashirib g‘unna bilan o‘qiladi.

26 May 2022, 19:32 | Savol-javoblar | 136 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar