Tirnokdagi yiring tahoratni buzadimi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Xufton namozini o‘qib bo‘lgandan keyin oyog‘imning bosh barmog‘i tirnog‘i va eti orasida yaqin orada qotgan yiringni ko‘rdim. Yiring faqat tirnoq va et orasidagi chuqurchani to‘ldirib turgan edi. Tahorat olgan vaqtimda e’tibor bermagan edim. Tahoratdan oldin chiqqanmi, keyinmi, namozdami bilmayman. Ushbu holatda “yiring tarqamagan” deb taroveh namozini ham o‘qidim. Endi ko‘ngilda shubha paydo bo‘lmoqda. Ushbu shubhali holatda namozimni qayta o‘qiymanmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tarqamagan bo‘lsa to‘g‘ri qilgansiz.

26 May 2022, 19:36 | Savol-javoblar | 168 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar