Safarga chiqqanda namoz qolib ketsa

Assalomu alaykum! Ba’zida yo‘lga chiqadigan bo‘lib qolamiz yoki biror joyga bormoqchi bo‘lamiz. O‘shanda namozni vaqtidan oldin o‘qisa bo‘ladimi? Yo‘lda kamida 3-4 soat yuramiz, o‘shanda namoz vaqtlari o‘tib ketadi. Shunda o‘qimasak bo‘ladimi yoki qazo qilib o‘qiymizmi? Meni boshim qattiq og‘riydi, bazida shu og‘riq tufayli namoz o‘qolmay qolaman. Shunda qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi, besh daqiqaga to‘xtatib namozni o‘qish kerak. Bosh og‘riganda o‘tirib o‘qish mumkin bo‘lsa o‘tirib o‘qing. Unda ham bo‘lmasa yotib o‘qing. Tark qilishga uzr yo‘q. Shariat bergan engillikdan foydalaning, ammo qoldirmang. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:38 | Savol-javoblar | 155 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar