Besh vaqt namozni inkor qilishning hukmi qanday?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Bizning qishlog‘imizda 1951 yillarda Toshkenda o‘qib kelgan oqsoqol bor, yoshi 84 da, odamlar qori tog‘a deyishadi. Ammo u kishi Qur’onni boshqacha tarjima qilib “besh vaqt namoz faqat Makkada o‘qiladi. Kalima keltirib islomga kirilmaydi, balki ahd qilish va to‘rt oy yurish qilish kerak” deb aytadi. Hadislarni tan olmaydi. Hatto yaqinda bir kitob yozibdi. Kitobida surai tavbani 3 oyatini o‘rtasidan olib "har joyda masjid solib, juma o‘qib qo‘shimcha qilganlardan Alloh bezor uning rasuli ham" deb yozibdi. Yana boshqa erida esa, “Abu Bakr (roziyallohu anhu) va Umar (roziyallohu anhu) ni zolim bo‘lgan, odamlarni qo‘rqitib besh vaqt namoz o‘qitgan” deb yozgan va Imom Buxoriyning sha’nida "Buxoriy islomga shunday dog‘ tushirganki, uni qiyomatgacha ham yuvib bo‘lmaydi" deb yozgan. Mahalla imomi yaqinda u kishini “kofir” deb jumada aytdi. Muhtaram shayx xazratlari, mana shu masalaga oydinlik kiritib bersangiz iltimos.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Imom to‘g‘ri aytgan.

26 May 2022, 19:36 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar