Qilingan savdodan 2% olish

Assalomu alaykum! Korxonada sotuvchi bo‘lib ishlayman. Shtat bo‘yicha belgilangan oylik olaman va sotgan maxsulotimdan 2% olaman. Savol: sotgan maxsulotimdan 2% olishim sudxo‘rlik bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sudxo‘rlik emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:21 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar