Nikohim haqidaga muhim savolim
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men yana eski savol bo‘yicha bezovta qilyapman buning uchun uzr so‘rayman. Men erimdan yana, kema ajrashsam ajrashaveraman degan gapini nima niyatda aytganini so‘ramoqchiman, lekin bu oson bo‘lmaydi. Chunki yana eski gaplarni qo‘zg‘ayapsanmi deb janjal qilishi mumkin(Alloh asrasin). 1. Erim kema deganda dilida taloqsan desa taloq tushadimi? 2. Erim kema deganda dilida ajrashaman charchadim desa ham taloq tushadimi? 3. Yana bir savolim bor edi men erimga agar ichib kelsangiz meni taloq qilgan bo‘lasiz desam erim eshitmay ho‘p dep ketsa taloq tushadimi? Javobiz uchun oldindan katta rahmat qilayotgan savobli ishlarizni Allohni mukofotlasin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kelma degan gap taloqqa dalolat qilmaydi, lekin asl masala bu kabi masalalarni jonli majlisda, ikki tomon va guvohlar huzurida ko‘rish kerak. Sizlar o‘zingizga yaqin joydagi biror ahli ilmga uchrab maslahat qilinglar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:14 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush