Er-xotin ajralishgandan keyin farzand
Assalomu aleykum xurmatli Shayx xazratlari! Islom dinini ravnaqi, rivoji yo‘lida qilayotgan xayrli ishlaringizda Alloh madadkor bo‘lsin. Ming bor uzr savolim kayta berilayotgan bulsa, saytdagi savollar orasidan topa olmadim. SAVOL: Turmush qurganimdan so‘ng, oradan 1,5 yil o‘tgandan keyin ayolim bilan ajrashdik. Ajrashganimizga 2 yildan oshdi. O‘rtada qiz farzandimiz bor. Hozirgi kunda farzandim 3 yoshda. Ajrashganimdan beri farzandimga har oy topayotgan pulimni 1/4 qismi nafaqa qilib turibman. Ota-onam farzandim bilan ko‘rishib, undan xabar olib turishni menga kat’iyan man qilishyapti. Hattoki agar gapimizga kirmasang sendan rozi bo‘lmaymiz deyishyapti. Bunday holda men qanday yo‘l tutishim kerak? Ota onamga aytmasdan farzandim bilan ko‘rishsam bo‘ladimi yoki bunday holda ota onaning gapini ikkita qilishga haqqim yo‘qmi? Agar noto‘g‘ri yoki noo‘rin savol bergan bo‘lsam uzr so‘rayman. Javobiz uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ota-onangiz gunohkor bo‘lishmoqda. Siz to‘g‘ri qilmoqdasiz.
26 May 2022, 19:42 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ota-onangiz gunohkor bo‘lishmoqda. Siz to‘g‘ri qilmoqdasiz.
26 May 2022, 19:42 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar