Qo‘l yuvish vasvasasi
Assalomu alaykum! Men o‘n besh yildan beri o‘zimdagi bir holatga tushunmayapman. oilada, do‘stlar, qo‘ni qo‘shni, jamiyatdagi, odamlar bilan bo‘ladigan mnosabatlarda, asabiy vaziyatlarda, so‘z tasirida, asabimga qattiq tasir qiladigan menga yoqmaydigan odamlar bilan muomala qilgandan keyin, asabimga tegadigan vaziyatga odamga duch kelib u bilan qo‘l berib ko‘rishgandan keyin, qo‘lim toza bo‘lsada qo‘llarimni qayta va qayta sovunlab yuvishga mukkasid an ketib yuz martalab tez tez yuvishga kirishib ketaman. Bu takrorlanaverib odat bo‘lib qolgan. Bu nimadan, dinimiz nima deb ataydi bunday holatni? "poklik vasvasasi"dan qanday qutilsam bo‘ladi? Davosi bormi, virusdan qo‘rqishdan emas qo‘l yuvish qandaydir ruxiy jarayon. Dinimizda qanday ko‘rsatmalar bor?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingizga o‘zingiz ishontiring. Biron kishidan o‘zingizga kuzatuvchi qilib oling. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 02:00 | Savol-javoblar | 157 | Ruhiy tarbiya
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingizga o‘zingiz ishontiring. Biron kishidan o‘zingizga kuzatuvchi qilib oling. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 02:00 | Savol-javoblar | 157 | Ruhiy tarbiya