Kassa puli

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Otam har oyda oshnalari bilan dollarda kassa o‘ynashadi. Men “kassa o‘ynamang, ribo bo‘larkan” deganman. Menga “o‘ynamayman boshqa”, degan. Lekin baribir o‘ynayabdilar va yaqinda menga kompyuter olib berdi (ya’ni sovga sifatidami yo‘qmi bilmadim), bilishimcha buni o‘sha kassa puliga olgan ekan. Men nima qilay? Kassa ribo bo‘lsa, kompyuterdan foydalanish harom bo‘ladimi? Men hozir shu kompyuterda ishlayabman, ya’ni pul topyabman. Shunga o‘ylanib qoldim. Umuman ota-onam ikkisi ham kassa o‘ynashadi, men rosa tushuntirdim, baribir o‘ynashyabdi. Eng yomoni shu kassa puliga ko‘p narsa olishadi, ya’ni uyga, oziq-ovqat, kiyim-kechak, va hokazo narsalar... Ba’zi vaqtlarda kassaga olganini bilib qolaman... Nima qilishni bilmayabman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sabr qilib turing. Bu masalani chuqur o‘rganilmoqda.

26 May 2022, 19:45 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar