Duo haqidagi hadis
Assalomu alaykum! Bir kuni Oisha onamiz: «Yo Rasululloh meni duo qiling» — deganlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Allohim! Oishaning oldingi va to qiyomatgacha qilgan gunohlarini, oshkora va sirriy(yashirincha) qilgan gunohlarini mag‘firat et» deb, “Duoyim sizga yoqdimi ey Oisha” -deganlarida Oyisha onamiz: “Ha” -dedilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Men bu duoni har namozimda ummatimga qilaman” degn ekanlar. Shu ma’nodagi hadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shunday hadis bor, lekin qiyomatgacha degan so‘zi yo‘q. Sanadi zaif ekan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:32 | Savol-javoblar | 156 | Hadislar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shunday hadis bor, lekin qiyomatgacha degan so‘zi yo‘q. Sanadi zaif ekan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:32 | Savol-javoblar | 156 | Hadislar