Uy kredit

Assalomu alaykum! Man 2013-yilda kridetga yillik 7% stavka bilan namunali turar joy sotib olgan edim. Hozirga kelib 50mln atrofida kreditdan qarzim qolgan. Savolim shundan iboratki man bankka 40mln atrofida omonat qo‘yib undan tushganiga 2027-yilgacha 50mlnni uzsam joizmi? Uyni olganimdan ber tahminan 100mln atrofida bankga foiz to‘laganmiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tezda pul topib cho‘zib o‘tirmasdan kreditingizni to‘lang. Siz avvalgi 7% stavka bilan qilganingiz ham keyingi qo‘ymoqchi bo‘lgan omonatingiz ham ribo hisoblanib, shariatimizda uning gunohi quyidagicha: عن أبي هريرة رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الرِّبَا سَبْعُونَ حَوْبًا، أَيْسَرُهَا نِكَاحُ الرَّجُلِ أُمَّهُ، وَأَرْبَى الرِّبَا : اسْتِطَالَةُ الرَّجُلِ فِي عِرْضِ أَخِيهِ. ورواه الإمام أحمد في المسندAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Ribo etmish juzdir, uni(gunohi)ng eng engili kishi onasi bilan yaqinlik qilish bilan barobardir. Riboning eng kattasi kishi o‘z birodarining obro‘sini to‘kishdir”.
Imom Ahmad “Musnad”larida rivoyat qilganlar.عن عبد الله بن حنظلة غسيل الملائكة قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: درهم ربا يأكله الرجل وهو يعلم أشد من ست وثلاثين زنية. رواه أحمد، والطبراني في الكبيرAbdulloh ibn Hanzala(farishtalar g‘usl qildirgan zot) roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Kishi bilib turib ribodan bir dirham eyishi 36 bor zino qilishdan qattiqdir” dedilar.
Imom Ahamad va Tabaroniylar rivoyati. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 06:35 | Savol-javoblar | 156 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar