Ba’zi masjidlar qiblaga qarab qurilmaganmi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Google Earth dasturi orqali Ka’batullohdan diyorimizda joylashgan masjidlarga qaratib chiziq (lineyka) tortilganida, ba’zi bir masjidlar bu chiziqga to‘g‘ri kelmaganligini guvohi bo‘lamiz. Bu masjidlar qiblaga qarab qurilmaganmi, va agar shunday bo‘lsa bu masjidlarda ibodat qilmoq qanday bo‘ladi? Izoh: Makkada ko‘p qavatli uylar qurilganidan so‘ng, ularning tomlaridan shaharning qariyb 200 masjidi qiblaga qarab qurilmaganligi ma’lum bo‘lgan. https://www.religion.in.ua/news/103-mnogie-musulmane-v-mekke-molilis-ne-v-tom.html https://www.religion.in.ua/news/foreign_news/5250-vmesto-mekki-musulmane-molilis-na-afriku.html
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Masjid Ka’baga qarab qurilishi kerak. Ammo masjiddan chiziq tortilganda Ka’baning o‘rtasidan chiqishi shart emas. Qur’oni Karim Ka’ba tarafga yuzlaning deyilgan. Ka’baning bir tarafi o‘n ikki metr, siz aytayotgan gapga qaraganda, 13 metrlik saf bo‘lsa, 12 metrdan ortiqdagi odamlarning namozi to‘g‘ri bo‘lmay qoladi. Qadimda Google Earth dasturi bo‘lmagan. Ammo hammaning namozi to‘g‘ri bo‘lgan. Bu gaplarni hozirda musulmonlarning ko‘nglini xira qilish uchun tashviqot qilinmoqda. Fiqh kitoblarimizda "Qibla haqidagi bob" degan alohida bo‘limlar bor. O‘shalarni o‘qib mavzuni to‘liq tushunib olishingiz mumkin.

26 May 2022, 19:49 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar