Ijaraga mashinamni berib, qayta olish

Assalomu alaykum! Qarzlarimni uzish maqsadida avtomashinamni sotmoqchi edim. Shuni ijaraga mashina beruvchliarga sotib yana uni nasiya savdoga o‘zim olsam bo‘ladimi? Masalan mashinani ularga 5000ga sotib 3000ni qarzimga bersam, qolganini boshlang‘ich to‘lov sifatida ularga bersam, yoki qo‘limga 3000ni olib qolganini boshlang‘ich to‘lov sifatida ijarachini o‘zida qoldirsam bo‘ladimi? Bunda uning nomiga rasmiylashtirishim shartmi yoki agar ishonsa hojat yo‘qmi? Nima qilsam shariatga muofiq bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizni ishingiz sudxo‘rlikka pul olish uchun hiyla qilish bo‘ladi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 07:19 | Savol-javoblar | 155 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar