Oilada
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. Men maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlayman. Turmushga chiqqanimga 10 yildan oshdi va shuncha vaqt mobaynida jamiki o‘z ehtiyojlarimni va hattoki farzandlarimni ehtiyojini ham oyligim hisobidan qoplaganman. Ba’zida kasal bo‘lib qolsam ham doim o‘z pulimga davolanganman biror kiyim kerak bo‘lsa ham o‘z pulimga olganman. Hattoki erim ba’zi qarzlarini to‘lashga ham, mashinasi buzilsa tuzatishga ham mening oyligimdan meni roziligimsiz bemalol ishlatgan. Bunday holatlarda men juda og‘rinaman. O‘zimku kerakli narsam uchun pul so‘ramayman u kishidan ammo u kishi "oyliging meniki axir sen meniki bo‘lsang hamma narsang meniki" deb bemalol ishlatadi. Hozirda ham turmushimizga kerakli narsalar bo‘lsa mebel yoki plesos olsak ham men to‘lashim kerak. Savolim shuki erimni roziligi uchun bunday holatlarga chidab kelaman Ollohim roziligi uchun ammo shunda erim qanchalik gunohkor yoki yo‘q. Yoki men norozi bo‘lsam qanchalik gunohkorman. Bu borada kimga gunohu kimga savob yoziladi? Iltimos javob bersangiz bu masala meni ko‘pdan buyon qiynaydi. Oldindan katta rahmat. Iltimos shu savolimga o‘zingiz javob bersangiz. Muslimat.uz dan javob ololmadim men uchun juda muhim iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kelinning sepi va uy anjomlariBarcha faqihlar kelin tushadigan uyni jihozlash va kelinning sepi kuyovning zimmasida ekaniga ittifoq qilganlar. Er kelin tushadigan uyni ikkovlari yashashlari uchun muvofiq va loyiq ravishda jihozlashi shart. Undagi ko‘rpa-to‘shak, qozon-tovoq, gilamlar – barcha narsalar kuyov tomonidan olib berilgan kelinning mulki hisoblanadi. Kuyov ulardan o‘z mulki sifatida foydalanishga haqli emas.
– Hanafiy mazhabida uy jihozlarini tayyorlash xuddi ayolga nafaqa va kiyim berish kabi erga vojibdir.
– «Mahr» deb berilgan narsaning sepga hech aloqasi yo‘q. Chunki mahr sep va jihoz sotib olish uchun emas, kelindan huzurlanish muqobiliga beriladigan narsa.
Bir odam mahrga ming dinor berdi. Odatda, bunchalik ko‘p mahr olgan kelin ko‘p sep bilan kelar edi. Ammo bu kelin oz sep bilan keldi. Shunday holatda er: «Sen ko‘p jihoz bilan kelishing kerak edi», deyishga haqqi yo‘q.
– Kelin o‘zi bilan olib kelgan sepiga o‘zi ega hisoblanadi. Erning u narsalarda haqqi yo‘q. («Baxtiyor oila» kitobidan). Bundan ko‘rinib turibdiki er ayoli va farzanlarini nafaqa bilan ta’minlashi farz, mabodo ayolinin shariatga to‘g‘ri kelmaydigan ishda ishlatsa gunohkor bo‘ladi agar shariatga to‘g‘ri keladigan joyda ishlatsa ayol topgan puliga o‘zi to‘la haqli va uni ro‘zg‘orga ishlatishga majbur ham emas. ayol ishlab topgan puli bo‘la turib erga ro‘zg‘or qiling deyishga to‘la haqli, kasal bo‘lsa davolatish ham erning zimmasida. Agar bu mas’uliyatlarni o‘zi qilmasa gunohkor bo‘ladi. Siz aytgan holatda rozimasman deyishga ayol haqli er emas. Shariatimiz bo‘yicha hattoki turmush qurganingizdan beri hozirgacha qilgan sarf harajatlaringizni hisoblab erning zimmasiga qarz qilib yuklash ham joiz. Sen menikisan topganing ham meniki degan gap mutlaqo noto‘g‘ri. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 18:23 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush