EYISh VA IChIShDA ChAP KULDAN FOYDALANISh

Assalomu alaykum shayx xazratlari! Kadrli ustoz sizga bir savol bilan murojaat kilmokdamiz:Musulmon inson ovkatlanayotganida ung kuli bilan eb, ichishi sunnatdir. Lekin ayrim paytlarda ovkatlanayotganda bir vaktning uzida bir kulida non va bir kulida koshik ushlagan xolda ovkatlaniladi. Ya’ni chap kulida non, ung kulida koshik yoki choy kuyilgan piyola bulishi mumkin. Unda ovkatlanayotgan odam chap kuli bilan nondan tishlab, ung kuli bilan koshikdan ovkat eydi. Shunday xolda ovkat eyish sunnatga xilofmi? Nonni xam ung kulda ushlab eb, keyin uni dasturxonga kuyib, yana ung kulida koshikni olib ovkatlansa yaxshimi?Bu savol bir birodarimda tugilib kolib, sizdan surab berishimni iltimos kilgandilar. Men uzimcha javob bermay u birodarimning shaxsan uzlari bilan utirib, sizga savol yulladik. Savolimizda kamchiliklar bulsa ma’zur tutgaysiz. Javobingiz uchun oldindan raxmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Chap qo‘l bilan toam emoq mumkin emas. Nonni xam ung kulda ushlab eb, keyin uni dasturxonga kuyib, yana ung kulida koshikni olib ovkatlanish kerak.

28 Aprel 2022, 21:01 | Savol-javoblar | 156 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar