Omonat uzuk haqida
Men bu savolni bir odamning nomidan yo‘llamoqdaman. Mening dadam militsiya xodimi bo‘lib ishlar edi. Xizmat kunlarining birida, dadamning oldiga bir odam kelib: «men qamoqxonaga kirib ketyapman, qachon chiqishimni bilmayman, menda bir uzuk bor, uni sizga omonatga qoldiraman. Qachonki, ozodlikka chiqqanimda sizni o‘zim topaman va uzukni menga qaytarasiz degan ekan. Lekin u odam o‘zini tanishtirmagan va manzilini ham aytmagan. Oradan bir necha yillar o‘tdi, u odam qaytib kelmadi. Dadam nafaqa yoshiga etib ishdan bo‘shatildi, hamon u odamdan xabar yo‘q. Bir oy muqaddam dadam olamdan o‘tdi. Endi tillo uzuk meni qo‘limda qoldi. Dadam topa olmagan bu odamni men qanday topaman, biron marta ham ko‘rmagan va gaplashmagan bo‘lsam? Savolim: men bu tillo uzukni biron kambag‘al odamga ehson qilib berishim mumkinmi? Agar vaqtlar kelib u odam qaytib kelsa-yu, otamni va uzukni so‘rasa, nima deb javob beraman?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Uzukni biron kambag‘al odamga ehson qilib berish mumkin. Egasi kelib isbotlasa, to‘lab berasiz.
26 May 2022, 19:53 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar