Ro‘za tutish qoidasi xaqida

Assalomu alaykum! Men hozir Yaponiyada o‘qib ishleman Allohga shukur. Uxlash vaqtim ozroq saxarlikni uxlashdan oldin niyat qilib tutsam bo‘ladimi?
2- Yaponiya vaqt O‘zbekiston vaqti bilan 4 soat farq qiladi. Ya’ni Yaponiyada soat 3:00 bo‘ganda O‘zbekistonda 7:00 bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda Yaponiyada 3:00 dan tutsam bo‘laveradimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Bo‘ladi. 2). Har kim o‘zi turgan joyning taqvimiga qarab tutadi. Yaqiningizdagi masjiddan bamdodning kirish vaqtini so‘rab oling va o‘sha vaqt bo‘lgunicha saharlik qilishingiz mumkin. Vaqt bo‘lishidan 5-6 minut avvalroq eb-ichishni to‘xtatib niyat qiling. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:43 | Savol-javoblar | 163 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar