Namozga oid savollarim?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, shu saytdan foydalanib ancha narsani bilib olyabman. Alloh ishlaringizni ajru savobini bersin. Amin.
1). Bir savolda hayit namozidan oldin biron nima eb olish sunnatligini o‘qidim. Bu narsa Qurbon hayitiga ham tegishlimi? So‘raganim sababi biz tomonlarda ilgaritdan Qurbon hayiti nomozigacha hech nima eyilmaydi, namozdan keyin masjid eshigi oldida yosh bolalar og‘iz ochishga har xil meva, tolqonlar qilib chiqarishadi va o‘sha bilan og‘iz ochib keyin nonushta qilinadi. Shu narsa nomozgacha hech nima emaslik to‘g‘rimi?
2). Yana bir savolda shayx hazratlari (Alloh rahmatiga olgan bulsin) g‘usl va tahorat suvi oqadigan joyda tahorat sindirib bo‘lmaydi deganlar. Kvartiradalarda esa vanna, rakovina va hojatxona suvlari bitta kanalizatsiya orqali ketadi shu o‘rinda g‘usl va tahorat suvlari ham.
3). Namozda sajdaga borganda «SUBHANA ROBBIYAL ALA»ni 3 martadan ko‘p aytsa bo‘ladimi? Bunda namoz buzulmaydimi?
4). Men hozirda ishlash uchun vaqtinchalik propiska qilib boshqa shaharda muqim yashayabman. Agar men doimiy propiskam bor ota onam turgan joyga 2 3 kunga borsam (90 100 km masofa) u erda musofir namozini o‘qishim kerakmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). To‘g‘ri. 2). Joiz. 3). Zarari yo‘q. 4). Siz muqim bo‘lib namoz o‘qiysiz. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 07:08 | Savol-javoblar | 172 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar