Kitoblariz Rossiyada sotiladimi?

Allohga beadad, behisob shukrlar bo‘lsin, Alloh sizdan rozi bo‘lsin. Hurmatli Shayx Xazratlari savollarim kitoblaringiz haqida: 1. Sizning kitoblaringizni o‘zimizda sotib olsak, aeroport, tamojniyda olib o‘tishimizga ruxsat bormi? Biz oilamiz bilan Rossiyada yashaymiz va farzandlarim shu erda maktabda o‘qishadi, sizning kitoblarizni rus tilida tarjimasi borligini internetdan ko‘rib juda xursand bo‘ldim, rahmat. 2. Rossiyada sizning kitoblaringiz sotiladimi yoki qaerdan topsak bo‘ladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Davlatning ruxsati bor. 2. Rossiyada kitoblarim sotilmoqda. Kaerda ekani shu saytda e’lon qilingan. Shuningdek, kitob savdosi bilan shug‘ullanadigan shaxslar ham sotishmoqda.

26 May 2022, 19:54 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar