Shariatda shu holatga ruxsat bormi?
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Homiladorligim tufayli tez-tez ginekolog vrach huzuriga qatnayman. Vrachga qatnayotgan vaqtimda bitta holatga e’tibor berdim va bu holat meni taajjubga soldi. Ovsinimning 2 ta qizi bor. Oilasi islomiy. Vrachga borib kalendar orqali o‘g‘il farzand tug‘ish oylarini aniqlab kelibdi. Hozir ovsinim ham homilador. Vrachdan qiziqib so‘rasam: "Bizlar kalendar orqali aniqlab beramiz, qaysi oyda va qaysi vaqtda eri bilan qo‘shilsa o‘g‘il yoki qiz farzand tug‘ishini" dedi. O‘zim ham alhamdulillah homilador bo‘lganim uchun Allohdan qo‘rqaman bunaqa qilishga. Men faqat Allohdan farzand tilayapman. Jinsini ham Allohdan so‘rayapman. Savolim: Yuqorida aytilgan holatga shariatda ruxsat bormi, ya’ni kalendar orqali farzandni jinsini aniqlash? Savolim takroriy bo‘lsa uzr.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Siz to‘g‘ri qilmoqdasiz. Ovsinga ishi noto‘g‘riligini ayting.
26 May 2022, 19:58 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Siz to‘g‘ri qilmoqdasiz. Ovsinga ishi noto‘g‘riligini ayting.
26 May 2022, 19:58 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar