Ruk’uni esidan chiqarish

Assalomu alaykum! Namozni rakatlarini birida ruku’ qildimmi yoki yo‘qmi degan shubxa bo‘lsa, salomdan oldin sadjai saxv qilib, namozni tugatsa bo‘ladimi? Yoki yana bir rakat o‘qib oxirida sajdai saxv qilib tugatish kerakmi? Shunaqa paytla namoz durust bo‘lish uchun nima qilsa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar ushbu holat birinchi marta sodir bo‘lgan bo‘lsa, namozni qaytadan o‘qiydi. Agar bu shubha namoz o‘qib bo‘lganidan keyin paydo bo‘lsa, e’tibor qilmaydi. Agar namoz o‘qiyotgan vaqtida shunday shubhaga tushib qolsa u holda ruku’ qiladi va o‘sha unutilgan ruku’ qaysi rak’atniki bo‘lsa o‘sha rakatdan namozni davom ettiradi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 13:04 | Savol-javoblar | 151 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar