Haj va boshqa amallar
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari, salomatmisiz Ustoz Janoblari? Vallohi, sizni juda sog‘indim, inshoalloh, garchi musofirchilikda bo‘lsam ham, sizni ziyorat etishdek baxtga etkazishini Alloh nasib etsin, omiyn! Ustoz Janoblari, xorijda tirikchilik tashvishida yurgan bir muslima yurtdoshimizni farzandlari suiqasd ortidan vafot etdi. Yoshi yigirmada bo‘lib, afsuski namozida, ro‘zasida qazolari bor ekan, shularni kafforotini qanday ado qilishlari mumkin va yana haramaynda yurgan ilmu-toliblar orqali o‘g‘illari haqqiga hajji badal qildirsalar bo‘ladimi-yo‘qmi, shularni Siz Ustoz Shayx Hazratlaridan bilib berishimni iltimos qildilar. Agar savolimiz takroriy bo‘lsa qimmatli vaqtingizni olganim uchun kechiring, lutfan! Vassalamu alaykum va rohmatullohi
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Badali haj qildirilsa, bo‘ladi. Qazolari haqida Alloh taologa duo qilish, yana bir qavlga binoan kafforot ado qilish kerak bo‘ladi.
26 May 2022, 20:02 | Savol-javoblar | 174 | Haj va umra