Tajvid haqida

Assalomu alaykum! Alloh kilayotgan xayrli ishlaringizni ajr-savobini bersin. Mening savolim Qur’on tajvidi hakida. Meni tajviddan xabarim yo‘q. Faqat eshitganimni qaytarishga harakat qilaman. Qur’onni tajvidsiz o‘qish gunoh degan edingiz. Men iloji boricha Qur’on o‘qishga xarakat qilaman. Oyatal kursiyni, juma kuni Kahf surasini va boshkalarni. Toki tajvidni o‘rganmagunimcha o‘qimay turganim afzalmi? Javobingiz uchun oldindan tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘rganishga harakat qiling. Ungacha audiosini eshitib birga qaytarib turishingiz mumkin. Vallohu a’lam! https://quran.uz/tajvid/tajvid-ilmi/94-tajvid-ilmining-tarifi.html

29 Aprel 2022, 19:39 | Savol-javoblar | 183 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar