Hojatxona yonidagi mevali daraxt

Assalomu alaykum! Hojatxona yonida o‘sgan mevali daraxtlar agar hojatxonadagi najasdan naf olib hosili rosa zo‘r bo‘lsa, shirin va eyimligi ham zo‘r bo‘lsa unday mevani eyish joyizmi? Shu jumladan tomorqa va dalalardagi ekinlar uchun odam axlatidan o‘g‘it sifatida foydalanishni hukmi qanday? O‘sha o‘g‘itni egan ekinning harom yoki halolligini xam aytib o‘tsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Halol. Erga yaqin bo‘lgan poliz mahsulotlariga suyuq najosat quymaslik tavsiya qilinadi, karohiyati bor. Ammo tanali ekinlarda va daraxtlarda ziyoni yo‘q. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar