Taloq bermayapti

Bir jiyanim rossiyada turmushga chiqqan edi ikkinchi ayol bo‘lib. U inson voxalik, jiyanim farg‘onalik xozir jiyanim farg‘onada. U inson bilan ajrashmoqchi, lekin javobini bermayapti. Ularning kelajagi yo‘q. Jiyanim voxa tomonga bormayman deydi. U xam farg‘onaga kelmaydi. Shunday bo‘lsa xam javobini bermayapti. U inson o‘zi Allohdan qo‘rqmaydigan inson ekan. Birinchi xotini bilan janjallashganda xar safar uch taloq qo‘yib yana yashayverarkan. Aroq xam ichib turarkan. Shunga nima qilish mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha kishi(eri)dan bir nima qilib taloq olish mumkin. Talog‘ini olib iddasi chiqmasidan boshqaga nikohlana olmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:56 | Savol-javoblar | 140 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar