Kasb to‘g‘risida javobingizga muhtojmiz
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Otam, onam, ukam bilan Rossiyadamiz. Onam bilan men oshxonada ishlaymiz. Rahbarimiz ayol kishi. Oyliklarni vaqtida beradi, birovning haqqiga xiyonat qilmaydi. Ishsiz vaqtimizda ish berdi va o‘sha joyda sharoitlari bilan xona qilib berdi. Besh vaqt namoz o‘qishga va juma namoziga sharoit bor. Bir yilga ishlashga va yashashga bepul hujjat qilib berdi. Savolimdan maqsadim shuki, oshpazlar tayyorlagan ovqatlar halol emas, ba’zi bir shirinliklariga margarin, ba’zi bir ovqatlariga cho‘chqa go‘shti qo‘shiladi. Lekin biz hech qaysi birini emaymiz. Mening vazifam pishgan shirinlik va qadoqlangan ovqatlarni magazindan kelgan buyurtmalarga qarab terib berish. Shu ishimdan meni ko‘nglim to‘lmayapti. Ishdan chiqaman desam dadam ko‘nmayapti, ishdan chiqib ketsang odamgarchilikga to‘g‘ri kelmaydi deyapti. Hurmatli shayx hazratlari, sizni juda hurmat qilamiz, men nima qilay? Boshqa ish qidiraymi, yoki otamning aytganini qilaymi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Rahbarga tushuntirish kerak. Agar u mazkur harom narsalarni ishlatmasa juda yaxshi bo‘ladi. Juda bo‘lmasa, sizlarni harom narsa yo‘q ishga qo‘yishini iltimos qilinglar.
26 May 2022, 20:09 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar