Kompyuter programmalari haqida

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! www.osinavi.ru saytida savdo magazinlari uchun hisob kitob qilish uchun programma sotiladi. Narxi 2775 rubl=70 $, ya’ni bu sayt ofitsialnыy ya’ni mualifniki. Endi xuddi shu programmani boshqa saytlardan mutlaqo tekin (besplatno) topsa bo‘ladi. Biz musulmonlar qaysi biridan olishimiz kerak? Agar tekinni olib ishlatsak topgan pulimiz halol bo‘ladimi? Yoki aynan pulga sotib olib ishlatish kerakmi? Xuddi shu ahvol hamma pullik programmalarda shunaqa, lekin judayam ko‘pchilik odam bepulidan olib ishlatadi, xususan bizning yurtlarda. Chunki pulligini sotib olish juda qiyin: rasmiy magazinlar yo‘q, internet orqali olish juda qimmatga tushadi, lekin ba’zi kompyuter magazinlarida, programma disklar sotiladi, ammo juda arzon, gumonim bo‘yicha internetdan bupul olishib, diskga yozib sotishadi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Rasmiy magazin topish oson, quyidagi saytdan foydalanish mumkin, ya’ni magazin yo‘q emas, bor, qo‘ng‘iroq qilib gaplashsa ham bo‘ladi: https://www.axoft.uz/

26 May 2022, 20:11 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar