Bosinqirash

Qimmatli vaqtingizni olganim uchun uzr, Alloh sizdan rozi bo‘lsin. Mana bir necha yillardan beri menda bosinqirash bo‘lyapti.Tushimda erto‘lamizni qorong‘u burchagi, suyak va shunga o‘xshash qora narsalar ko‘raman. Va qimirlolmay qolaman, tush va o‘ngni o‘rtasida bo‘lib, baqirib xirillayman. Namozlarimni o‘qib uxlashdan oldin o‘zimga ancha dam solib yotaman tahorat bilan. Lekin baribir bosadi. Onam chiroq yoqar edilar. Buni mumkin emasligini bilib to‘xtatishga majbur qildik. Onam chiroq yoqmaganimga diyishyapti. Ustoz yordam bering, nima qilsam ekan. Savolim uzun bo‘lib ketgani uchun uzr so‘rayman. Alloh sizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Boshqa joyda yotib ko‘ring.

26 May 2022, 20:11 | Savol-javoblar | 184 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar