Dunyoviy olimning ota-onasiga mukofotlar
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Farzandini hozirgi kunda yurtimiz ehtiyoj sezayotgan tibbiyot, sanoat, moliya va boshqa sohalarda etuk mutaxassis bo‘lishi uchun dunyoning nufuzli ilm dargohlarida o‘qitishga jiddu-jahd qilgan ota-onaga murattab qorining ota-onasiga berilganidek ulug‘ mukofotlar beriladimi? Qur’onni yodlashiga ham, albatta, jiddu-jahd qilinadi. Lekin to‘la yod olish uzoq muddatni talab qilar ekan. Hazrat, duo qiling, farzandlarimiz din va dunyo ilmini o‘zida jamlagan etuk mutaxassislar bo‘lib etishishsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Dinni mahkam ushlagan holda siz aytgandek qilinsa juda yaxshi bo‘ladi. Turli sohalar bo‘yicha jamiyat uchun kerakli mutaxassislarni tayyorlash farzi kifoyadir. Ammo juda ham ehtiyot bo‘linglar. Yoshlar yomonlardan ta’sirlanib qolishmasin. Hozirda dinini va taqvosini mahkam ushlagan holda chet ellarda tahsil olayotgan yoshlar ko‘p. Alloh taolo farzandlarimizni din va dunyo ilmini o‘zida jamlagan etuk mutaxassislar bo‘lib etishishlarida yordamchi bo‘lsin!
26 May 2022, 20:12 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar