Asr namozini kechiktirish haqida

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Sog‘-omon yuribsizmi? Bir birodarimning gapidan taajjubga tushdim. Ularning aytishicha, agar inson asr namozi vaqti kirganda u ishni-bu ishni qilib olay, keyin asrni o‘qiyman desa, asrni ortga surgan bo‘ladi, bu iymoniga zarar, ajrab qolishi ham mumkin dedilar. Shu haqida ma’lumot bersangiz iltimos, bizga ajratayotgan vaqtingizdan Alloh taolo sizdan ikki dunyoda ham rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Asr namozining vaqti kirishi va chiqishi ma’lum o‘sha vaqt ichida o‘qisa bo‘ldi. Hamma namozlar ham shunga o‘xshash. Odamlar o‘zini bilmdon qilib ko‘rsatish uchun har xil gaplarni gapirishaveradi.

26 May 2022, 20:14 | Savol-javoblar | 152 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar